Evropa Ittifoqiga a’zo davlatlar o‘zlarining harbiy-dengiz missiyasi Aspides mandatini kengaytirish yoki u orqali yuk tashishni qo‘llab-quvvatlash uchun Hormuz bo‘g‘oziga kemalar yuborishni zarur deb hisoblamadilar.
Bu haqda Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Kaya Kallas Tashqi ishlar kengashi yig‘ilishidan keyingi matbuot anjumanida ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, yig‘ilishda Yevropa Ittifoqi tashqi ishlar vazirlari Fors ko‘rfazi mintaqasida, xususan, Eron tomonidan to‘sib qo‘yilgan Hormuz bo‘g‘ozida yuk tashishni yanada samarali himoya qilish variantlarini muhokama qilishgan.
Kallas bugun ertalab Kengash yig‘ilishidan oldin e’lon qilganidek, Aspides harbiy-dengiz operasiyasi mandatini kengaytirish va Hormuz bo‘g‘ozi orqali yuk tashishni qo‘llab-quvvatlash uchun kemalarini yuborish taklif qilingan.
“Muhokamalarimiz davomida ushbu operasiyani kuchaytirish istagi aniq edi. Biroq, hozirda “ Aspides” operasiyasi mandatini o‘zgartirish istagi yo‘q. Vazirlar Hormuz bo‘g‘ozi diqqat markazida bo‘lsa-da, Qizil dengiz ham juda muhimligicha qolmoqda, deb hisoblashadi”, dedi Kallas va Yevropa Ittifoqi vakillarining aksariyati o‘zlari boshlamagan urushga aralashishni istamasligini ta’kidladi.