Bugun 20 aprel, 2026 yil, dushanba

КИР

Evropa Ittifoqi iqtisodiy inqiroz sabab harbiylashish yo‘lini tanlamoqda

Evropa Ittifoqi iqtisodiy inqiroz sabab harbiylashish yo‘lini tanlamoqda

Evropa Ittifoqi iqtisodiy qiyinchiliklar fonida Rossiya bilan munosabatlarni harbiylashtirishni (militarizasiya) kuchaytirmoqda. Bu haqda Berliner Zeitung nashri yozmoqda.

Nashrning ta’kidlashicha, YEI rahbariyati nizoni bartaraf etishga urinish o‘rniga, harbiy choralarga urg‘u bermoqda. «EI rahbariyati militarizasiyaga ishonishmoqda», — deyiladi maqolada.

Mualliflarning fikricha, bu sanoat ishlab chiqarishidagi pasayishni qoplash va qaramlikni kamaytirishga bo‘lgan urinishlar bilan bog‘liq. Shuningdek, AQShga yo‘naltirilgan siyosat Yevropaning strategik mustaqilligini zaiflashtirgani va ichki kelishmovchiliklarni kuchaytirgani ko‘rsatib o‘tilgan.

Material mualliflari bunday qarorlar Yevropa Ittifoqining ma’naviy legitimligiga putur yetkazadi va iqtisodiy muammolarni yanada chuqurlashtiradi, deb hisoblashadi.

Kiritildi: 23:50 19.04.2026. O'qildi: 262 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!