Evropa Ittifoqi Ilon Maskka tegishli Grok sun’iy intellekti tomonidan yaratilgan jinsiy mazmundagi dipfeyklar bo‘yicha tergov harakatlari boshladi.
Bu haqda BBC xabar bermoqda.
Avvalroq X kompaniyasining X Safety sahifasida e’lon qilingan bayonotida, ijtimoiy tarmoq Grok sun’iy intellekti orqali tayyorlangan “echintirilgan” tasvirlar, bu kabi kontent noqonuniy hisoblangan yurisdiksiyalarda taqiqlanganini ma’lum qilgan edi.
Biroq faollar va jabrlanganlar ushbu vosita yordamida jinsiy xarakterdagi tasvirlarni yaratish imkoniyati “umuman paydo bo‘lmasligi kerak edi”, deb ta’kidlashmoqda.
Agar X kompaniyasi Yevropaning Raqamli xizmatlar to‘g‘risidagi aktini buzganlikda aybdor deb topilsa, unga kompaniyaning jahon miqyosidagi umumiy daromadining 6 foizigacha bo‘lgan miqdorda jarima solinishi mumkin.