Evropa Ittifoqi Rossiya sudining qarori ortidan Belgiyaning Euroclear depozitariysiga yordam berish variantlarini muhokama qilmoqda. Bu haqda Bloomberg manbalarga tayanib xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, qo‘llab-quvvatlash choralari bo‘yicha muzokaralar hozircha dastlabki bosqichda.
15 may kuni Moskva arbitraj sudi Rossiya Markaziy bankining Euroclear’ga qarshi da’vosini qanoatlantirib, kompaniyadan Rossiyaning xalqaro zaxiralari muzlatilgani bilan bog‘liq 200 milliard yevro miqdorida zararni qoplashni talab qilgan edi.
26 may kuni sud mazkur qarorni darhol ijro etish haqida qaror chiqardi. Euroclear esa Moskva arbitraj sudiga apellyasiya shikoyati kiritgan.
2022 yil fevral oyida Yevropa Ittifoqi sanksiyalari joriy etilganidan so‘ng Rossiyaning oltin-valyuta zaxiralarining katta qismi Euroclear hisoblarida muzlatib qo‘yilgan.
Rossiya Markaziy banki ma’lumotlariga ko‘ra, «do‘stona bo‘lmagan davlatlar»da muzlatilgan Rossiya aktivlarining umumiy hajmi taxminan 300 milliard dollarga baholanmoqda.