Bugun 8 aprel, 2025 yil, seshanba

КИР

Evropa Ittifoqi AQShning savdo choralariga qarshi o‘zini himoya qilish uchun barcha vositalarga ega

Evropa Ittifoqi AQShning savdo choralariga qarshi o‘zini himoya qilish uchun barcha vositalarga ega

Evropa Ittifoqi AQShning yangi tariflaridan himoyalanish uchun barcha zarur vositalarga ega.

Bu haqda Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen bugun Yevroparlament a’zolari oldida chiqishi chog‘ida ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, Yevropa Qo‘shma Shtatlar bilan qarama-qarshilikni boshlamagan: "Biz buni noto‘g‘ri deb hisoblaymiz".

"Bugungi xabarim shuki, Yevropa Ittifoqi xalqimiz va farovonligimizni himoya qilish uchun kerak bo‘lgan hamma narsaga egamiz. Bizda eng katta yagona bozor bor. Bizda muzokaralar olib borish kuchimiz bor. Biz bunga qarshi kurashish uchun kuchga egamiz. Va Yevropa xalqi bilishi kerak: birgalikda biz doimo o‘z manfaatlarimiz va qadriyatlarimizni olg‘a suramiz va himoya qilamiz", deb ta’kidladi fon der Leyayen.

Evrokomissiya rahbari AQShning yangi tariflariga javoban YEI o‘zining ichki bozori va boshqa hamkorlar bilan munosabatlarini rivojlantirishini qayd etdi. "Evropa Ittifoqi AQShga qarshi savdo choralarini ko‘rmoqchi emas, lekin kerak bo‘lsa, shunday rejaga ega", - deya xulosa qildi Yevrokomissiya rahbari.

Kiritildi: 18:00 01.04.2025. O'qildi: 416 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!