Bugun 29 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

Evropa ittifoqi 13 ta yangi loyiha orqali xomashyo manbalarini kengaytiradi

Evropa ittifoqi 13 ta yangi loyiha orqali xomashyo manbalarini kengaytiradi

Xitoy eksportiga bog‘liqlikni kamaytirishni maqsad qilgan Yevropa Ittifoqi 13 ta yangi metall va mineral loyihalarini ishga tushirmoqda. Ularning aksari qimmatli xomashyolarga yo‘naltirilgan.

Evropa Ittifoqi 4 iyun kuni strategik ahamiyatga ega xomashyolarni o‘zlashtirishga qaratilgan 13 ta yangi loyiha haqida e’lon qildi. Reuters xabariga ko‘ra, bu metall va minerallar mudofaa, aerokosmik hamda qayta tiklanadigan energiya sohalarida raqobatbardoshlikni ta’minlash uchun muhim ahamiyatga ega.

Bu qadam Xitoyning aprel oyida noyob yer metallari eksportiga cheklov joriy etganidan so‘ng tashabbus sifatida qabul qilindi. Yevropa Komissiyasi vakillari, jumladan, komissar Stefan Sejurnning ta’kidlashicha, YEI Xitoyga bo‘lgan xomashyo qaramligini kamaytirishga intiladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, eksportdagi cheklovlar YEIning diversifikasiyaga bo‘lgan harakatini yanada jadallashtirmoqda.

Evropa Ittifoqi 2023 yilda qabul qilgan “Muhim xomashyolar to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq, 2030 yilga qadar ichki ehtiyojlarning 10 foizini o‘z hududida qazib olish, 40 foizini qayta ishlash va 25 foizini qayta tiklash belgilangan.

Yangi loyihalarning 10 tasi elektromobillar va energiya saqlash tizimlari uchun muhim bo‘lgan litiy, kobalt, marganes va grafit singari materiallarga qaratilgan. Bu resurslar ekologik toza texnologiyalar uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.

Loyihalar dunyo bo‘ylab tarqalgan: Janubiy Afrika va Malavida ikki, qolganlari Buyuk Britaniya, Kanada, Grenlandiya, Qozog‘iston, Madagaskar, Norvegiya, Serbiya, Ukraina, Zambiya, Braziliya va Fransiyaning Yangikaledoniya hududlarida amalga oshiriladi.

Ayniqsa, Britaniyada volfram, Ukraina va Grenlandiyada esa grafit qazib olish rejalashtirilgan. Mudofaa sanoati uchun muhim bo‘lgan volfram loyihasi GreenRoc Strategic Materials 2 kompaniyasi tomonidan boshqariladi.

Kiritildi: 19:14 05.06.2025. O'qildi: 644 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!