Bugun 4 aprel, 2026 yil, shanba

КИР

Evropa investisiya banki mudofaani ko‘proq moliyalashtirishga chaqirildi

A A A
Evropa investisiya banki mudofaani ko‘proq moliyalashtirishga chaqirildi

Germaniya, Fransiya va YEIga a’zo yana 12 davlat Yevropa investisiya banki (EIB) prezidenti Nade Kalvinyo, Yevrokengash rahbari Sharl Mishel, Belgiya Bosh vaziri Aleksander De Krooga maktub yo‘llab, mudofaaga ajratiladigan mablag‘ni ko‘paytirish hamda yangi strategiya ishlab chiqishga chaqirdi.

“Bloomberg” yozishicha, maktubda YEIB mudofaa bilan bog‘liq yo‘nalishlarni moliyalashtirishni kuchaytirish bilan bog‘liq turli imkoniyatlarni o‘rganishi kerakligi, shuningdek mudofaa sanoatini kreditlash va cheklov siyosatini qayta ko‘rib chiqishi zarurligi ham aytilgan.

Hujjatni Bolgariya, Germaniya, Daniya, Italiya, Latviya, Litva, Niderlandiya, Polsha, Ruminiya, Finlyandiya, Fransiya, Chexiya, Shvesiya va Estoniya yetakchilari imzolagan.

21-22 mart kunlari bo‘lib o‘tadigan Yevropa Ittifoqi sammitida xavfsizlik masalasi, jumladan YEIBning mudofaa sohasida tutgan o‘rni muhokama qilinadi.

Kiritildi: 13:33 18.03.2024. O'qildi: 886 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!