Evropa yetakchilari Zelenskiyni Donbassdan qo‘shinlarni olib chiqishga rozi bo‘lmaslikka chaqirmoqda. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.
"Evropaning asosiy maqsadi prezident Volodimir Zelenskiyni Vashington bosimi ostida Donbassdan ukrainalik harbiylarni olib chiqmaslikka, shuningdek, Qo‘shma Shtatlarning ishonchli xavfsizlik kafolatlarisiz Rossiya bilan o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha bitimga rozi bo‘lmaslikka ko‘ndirishdan iborat", deya yozmoqda agentlik.