Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va Germaniya kansleri Fridrix Mers bugun qo‘shma yig‘ilish o‘tkazgan Londonda jurnalistlarning savollariga javob berishdan bosh tortdi.
Sky News ma’lumotlariga ko‘ra, liderlar an’anaviy guruh fotosurati uchun Dauning-stritdagi Bosh vazirning qarorgohi tashqarisida matbuot bilan uchrashgan, ammo izoh berishmagan.
Fotosessiyadan so‘ng Starmer va Zelenskiy ikki tomonlama muzokaralarni davom ettirish uchun Bosh vazirning qarorgohiga qaytishdi. Makron va Mers OAVga hech qanday bayonot bermay, Dauning-stritdan chiqib ketishdi.
Uchrashuvdan so‘ng Ukraina rahbari ijtimoiy tarmoqdagi postida ittifoqchilarning birgalikdagi sa’y-harakatlari muhimligini ta’kidladi: "Haqiqiy xavfsizlikni kafolatlash har doim umumiy muammo va birgalikdagi sa’y-harakatlardir. Qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun rahmat!"