Bugun 2 sentyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Evropa yetakchilari 4 sentyabr kuni Parijda uchrashadi — Financial Times

Evropa yetakchilari 4 sentyabr kuni Parijda uchrashadi — Financial Times

Nashrning uch nafar diplomatga tayangan holda xabar berishicha, 4 sentyabr, payshanba kuni, Yevropa yetakchilari Emmanuyel Makronning taklifiga binoan Parijda uchrashishadi. Ular orasida Germaniya kansleri Fridrix Mers, Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer, NATO bosh kotibi Mark Ryutte va Ursula fon der Lyayen borligi aytilmoqda. Ular Ukrainaga o‘z harbiylarini yuborish bo‘yicha potensial rejani tayyorlamoqda.

Evrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayenning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainaga yevropalik harbiylarni joylashtirish uchun “yo‘l xaritasi” allaqachon ishlab chiqilgan.

"Xavfsizlik kafolatlari birinchi darajali ahamiyatga ega va mutlaqo zarur. Biz Oq uyda prezident Tramp bilan kelishuvga erishgandik, bu boradagi ishlar juda yaxshi ketmoqda. Tramp Qo‘shma Shtatlar Yevropa davlatlarining Ukrainadagi kontingentini qo‘llab-quvvatlashda bevosita ishtiroki etishiga ishontirgan", — dedi fon der Lyayen.

"Ushbu harbiy kuchlar tarkibiga Yevropa davlatlari boshqaruvidagi o‘n minglab askarlar kirishi mumkin, ularga AQSh tomonidan yordam ko‘rsatiladi. Bunga qo‘mondonlik va boshqaruv tizimlari, shuningdek, razvedka va kuzatuv vositalari ham kiradi", deya yozmoqda Financial Times.

Kiritildi: 14:45 01.09.2025. O'qildi: 485 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!