Kelajakda Rossiyaga qarshi kiritilgan sanksiyalarning ehtimoliy bekor qilinishi Yevropa Ittifoqining xavfsizlik sohasidagi manfaatlarini hisobga olishi kerak.
Bu haqda Yevropa diplomatiyasi rahbari Kaya Kallas ma’lum qildi.
«Gap sanksiyalarni yumshatish yoki aktivlarni muzlatishdan chiqarish haqida ketganda, biz Yevropa xavfsizligining asosiy manfaatlari hurmat qilinishini ham ko‘rishimiz zarur», — deya uning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda «RIA Novosti».