Karib dengizida narkosavdogarlarning kemalarini yo‘q qilayotganimiz uchun Yevropa bizga rahmat aytishi kerak – AQSh davlat kotibi.
Marko Rubio bu bayonotni Kanadada o‘tkazilgan G7 davlatlari tashqi ishlar vazirlarining yig‘ilishidan keyin jurnalistlar ishtirok bilan muloqotda berdi.
"Bu yerda asosiy jihat shuki, prezident Tramp AQShning milliy manfaatlari va milliy xavfsizligini himoya qiladi. AQSh harbiylari nishonga olayotgan ko‘plab giyohvand moddalar oxir-oqibat Yevropaga yo‘l oladi, shunday ekan, balki ular bizga rahmat aytishlari kerak", — dedi Rubio.
Ushbu yig‘ilish avvalida, Yevropa va Fransiya rasmiylari Qo‘shma Shtatlarning Karib dengizidagi zarbalarini “xalqaro huquqqa zid” deb atagandi.
AQSh harbiylari so‘nggi oylarda Karib dengizida va Tinch okeani qirg‘oqlari yaqinida" giyohvand moddalar tashishda gumon qilingan” kemalarga kamida 19 marta zarba bergan, buning oqibatida kamida 76 kishi halok bo‘lgan.