Evrokomissiya rasmiy vakili Anvar al-Anuni Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi ehtimoliy muzokaralarda Yevropaning vositachi sifatida ishtirok etishi mumkinligi haqidagi savolga aniq javob berishdan bosh tortdi. Bryusseldagi brifingda u jurnalistlarga «taxmin qilmaslik»ni tavsiya qildi va gapni boshqa tomonga burdi.
> «Biz bu bosqichda taxmin qilish niyatida emasmiz. Biz uchun ustuvor vazifa – Ukrainaga kuchli pozisiyadan muzokara olib borish imkoniyatini ta’minlash», — dedi u, agar AQSh muzokaralardan chiqib ketsa, Yevropa Ittifoqi yoki uning a’zolari Rossiya bilan muzokaralarda vositachilik qiloladimi, degan savolga javoban.
Unga ko‘ra, YEI davlatlari Ukrainaga yordamni kuchaytirishda davom etadi. U shuningdek, YEK rahbari Ursula fon der Lyayenning bu yil Yevropa davlatlari Kiyevga €23 milliard yordam berishni va’da qilgani haqidagi bayonotini eslatdi.
Bu orada, Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov braziliyalik O Globo nashriga bergan intervyusida shunday dedi:
> «Evropa Ittifoqi Ukrainani qo‘llab-quvvatlashdan voz kechishni o‘zining strategik nochorligini tan olish deb biladi. Ular tinchlikka erishishdan ko‘ra o‘z obro‘sini saqlashga ko‘proq ahamiyat bermoqda».
Lavrov, shuningdek, Yevroittifoq muzokaralarga yordam berish o‘rniga, u yerdagi kelishuvlarga sabotaj qilishga urinyotganini ta’kidladi.
Uning bayonotiga ko‘ra, YEI Rossiyaning ogohlantiruvlariga qaramasdan NATO davlatlarining harbiy kontingentlarini Ukrainaga yuborishga tayyorgarlik ko‘rmoqda — bu esa mojaroni yangi, xavfli bosqichga olib kirishi mumkin.