Nashrning yozishicha, Ukrainaga yordam berish bo‘yicha va’dalarga qaramay, yevropalik ayrim yetakchilar Kiyevga Qo‘shma Shtatlarsiz harakat qilishdan ko‘ra, Vashington bilan aloqalarni tiklashni afzal ko‘rishlarini bildirishgan.
"AQSh bilan, ayniqsa NATO doirasida, yaqin hamkorlikni davom ettirish muhimligi borasida kelishuvga erishildi. Shuningdek, Yevropaning qo‘shimcha xavfsizlik kafolatlaridagi ishtiroki Vashington bilan hamkorlikda ishlab chiqilishi kerakligi borasida qat’iy kelishuv mavjud", – deya ta’kidladi Yevropa Ittifoqi vakili.
Buyuk Britaniya bosh vaziri va NATO bosh kotibi Zelenskiyni Oq uy bilan munosabatlarni tiklash yo‘lini topishga ko‘ndirishga harakat qilishyapti. Shu bilan birga, Starmer Trampni Yevropa tinchlikparvar kuchlari Ukrainaga yuborilsa, ularni qo‘llab-quvvatlashga ishontirishni davom ettiryapti.