Bu haqda The Economist nashri xabar bermoqda.
2022 yil yanvar oyidan beri Yevropa Ittifoqining Ukrainaga moliyaviy, harbiy va gumanitar yordami miqdori 113 milliard yevroni tashkil etdi, bu YEI davlatlari umumiy YAIMining 0,2 foizidan sal ko‘prog‘iga teng.
Agar Qo‘shma Shtatlar Kiyevni qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatsa, uning o‘rnini bosish uchun Yevroittifoq o‘z hissasini taxminan ikki baravar, ya’ni YAIMning 0,4 foizigacha oshirishi kerak bo‘ladi.
Ukrainaga yordam uchun Finlyandiya allaqachon shuncha, Daniya esa undan ham ko'proq pul sarflamoqda. Shu bilan birga, bu davlatlar Kiyevga harbiy ta’minot yetkazib berishda hal qiluvchi rol o‘ynamaydi.