The Guardian nashrining xabar berishicha, Polsha bosh vaziri Donald Tusk yuz berayotgan voqealarni “urushning yangi turi” deb atagan.
"Bugungi kunda dunyo davlatlari yetakchilari oldidagi eng katta va muhim vazifa butun G‘arb hamjamiyatini ushbu holatning urush ekaniga ishontirishdir. Biz bu urush boshlanishini istamagandik, uni boshqalar boshladi. Bu yangi turdagi urush", — deya Polsha bosh vazirining so‘zlarini keltiradi nashr.