Bugun 20 may, 2026 yil, chorshanba

КИР

Evrokomissiya va Ukraina 90 milliard yevrolik kredit bo‘yicha memorandum imzoladi

Evrokomissiya va Ukraina 90 milliard yevrolik kredit bo‘yicha memorandum imzoladi

Evropa Komissiyasi va Ukraina Kiyevga 90 milliard yevro miqdorida kredit ajratish bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi. Bu haqda Yevrokomissar Valdis Dombrovskis o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.

Ushbu mablag‘lar 2026 va 2027 yillarga mo‘ljallangan.

Dombrovskisning so‘zlariga ko‘ra, Kiyev moliyaviy yordamning ilk transhini shu yilning II choragidayoq qabul qilib olishi kerak.

«Makroiqtisodiy moliyaviy yordam bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumining bugun imzolanishi bizni Ukrainani qo‘llab-quvvatlash kreditining birinchi transhiga ishonch bilan yaqinlashtirmoqda», — deb yozdi u.

Shuningdek, Yevrokomissar Bryusselning fikriga ko‘ra, ushbu yangi yordam paketi Ukrainaning iqtisodiy barqarorligini mustahkamlashi, ichki daromadlarini oshirishi va korrupsiyaga qarshi kurashni kuchaytirishi lozimligini bayon qildi.

Kiritildi: Bugun 16:14. O'qildi: 173 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!