Evropa komissiyasi Ukrainadan mamlakat fermerlarini qo‘llab-quvvatlash uchun 220 million yevro ajratish bo‘yicha so‘rov oldi.
Bu haqda Yevropa komissiyasining qishloq xo‘jaligi masalalari bo‘yicha matbuot kotibi Luiza Bogi ma’lum qildi.
"Ukrainalik fermerlar uchun 220 million yevro miqdorida grant ajratish bo‘yicha so‘rovga kelsak, uni olganimizni tasdiqlaymiz", — dedi u Bryusseldagi brifingda.