Bugun 21 fevral, 2025 yil, juma

КИР

Evrokomissiya Rossiyaning qishloq xo‘jalik mahsulotlari va azotli o‘g‘itlariga boj to‘lovlarini oshirishni ma’qulladi

Evrokomissiya Rossiyaning qishloq xo‘jalik mahsulotlari va azotli o‘g‘itlariga boj to‘lovlarini oshirishni ma’qulladi

Evrokomissiya Rossiyaning qishloq xo‘jalik mahsulotlari va azotli o‘g‘itlariga boj to‘lovlarini oshirishni ma’qulladi.

"Boj to‘lovlari 6,5% dan 15% gacha oshiriladi. Bunday chora Rossiya va Belarusdan importga qaramlikni kamaytirish maqsadida joriy qilinmoqda, chunki bu Yevroittifoqning oziq-ovqat xavfsizligiga tahdid soladi va YEIni Rossiya oldida zaif qiladi", deyiladi Yevrokomissiya bayomotida.

Biroq uchinchi davlatlarga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari tranziti uchun shartlar o‘zgarmaydi. Endi bu qarorni Yevroittifoq Kengashi tasdiqlashi kerak.

Rossiya o‘g‘itlariga boj to‘lovlarini oshirishni Yevropaning kimyo kompaniyalari talab qilgan. Ular Rossiyaning "narxlarni agressiv pasaytirish strategiyasi" tufayli mahalliy ishlab chiqaruvchilar bozordan siqib chiqarilayotganidan shikoyat qilgan.

Kiritildi: 10:12 29.01.2025. O'qildi: 511 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!