Bugun 14 oktyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Evrokomissiya Rossiyaga qarshi 23-sanksiyalar paketini tayyorlamoqda

Evrokomissiya Rossiyaga qarshi 23-sanksiyalar paketini tayyorlamoqda

Politico nashri ma’lumotlariga ko‘ra, Kiyev yangi cheklovlar loyihasi 2026 yil oxirigacha Yevropa Ittifoqi davlatlariga taqdim etilishini kutmoqda.

Evropa komissiyasi Rossiyaga qarshi 23-sanksiyalar paketini ishlab chiqishni boshladi. Politico nashri xabar berishicha, yangi cheklovlar Rossiyaning neft sotishdan oladigan daromadlarini yanada kamaytirishga qaratilgan.

Nashrga ko‘ra, bu qaror Donald Tramp va Vladimir Putin o‘rtasida Rossiya dizelini sotish bo‘yicha kelishuv tuzilgani haqidagi xabarlar fonida qabul qilingan.

Evropa yetakchilari, shuningdek, Rossiyaga bosimni kuchaytirish hamda uning neft va neft mahsulotlari savdosidan oladigan daromadlariga qarshi qo‘shimcha choralar ko‘rish masalasini muhokama qilish niyatida.


Kiritildi: 22:08 13.10.2026. O'qildi: 300 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!