Bugun 3 iyun, 2025 yil, seshanba

КИР

Evrokomissiya Rossiya gazidan to‘liq voz kechish rejasini taqdim etdi

Evrokomissiya Rossiya gazidan to‘liq voz kechish rejasini taqdim etdi

Evrokomissiyaning energetika bo‘yicha vakili Dan Yorgensen oldin ikki marta kechiktirilgan “yo‘l xaritasi”ni e’lon qildi. U bir oy ichida Rossiya bilan yangi gaz shartnomalarini tuzishni taqiqlovchi qonunchilik takliflarini taqdim etishga va’da berdi.

Qayd etilishicha, qisqa muddatli gaz xaridlari 2025 yil oxirigacha, uzoq muddatli shartnomalar esa 2027 yil oxirigacha to‘xtatilishi kerak. Bu ham Rossiyadan quvur orqali yetkaziladigan, ham dengiz orqali tankerlarda olib kelinadigan suyultirilgan gazga taalluqli.

Evrokomissiya ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yil oxirigacha Yevroittifoq Rossiya gazini import qilishni uchdan bir qismga kamaytiradi. Hozirda Rossiya gazi YEI gaz importining 13 foizini tashkil qilmoqda. Ukrainaga keng ko‘lamli bosqin boshlanishidan oldin bu ko‘rsatkich 45 foizga yetgan edi.

Evrokomissiya, shuningdek, a’zo davlatlarga Rossiyadan uran va yadroviy yoqilg‘i xarid qilishni taqiqlashni taklif qildi. “Evroatom” Rossiya bilan yangi shartnomalarni tasdiqlashni to‘xtatadi.

Kiritildi: 23:05 06.05.2025. O'qildi: 907 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!