Evrokomissiya Meta kompaniyasini har ikkala ijtimoiy tarmoq dizayniga o‘zgartirishlar kiritishga chaqirdi.
EK dastlabki surishtiruv natijalariga ko‘ra, Meta kompaniyasi (Facebook va Instagram egasi) ijtimoiy tarmoqlarda foydalanuvchilarda qaramlik keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan dizayndan foydalanib, "Raqamli xizmatlar" to‘g‘risidagi Yevropa qonunini buzgan degan xulosaga keldi.
Unga ko‘ra, Yevrokomissiyaning e’tirozlariga videoni avtomatik ravishda qo‘yish, cheksiz lenta va shaxsiylashtirilgan tavsiyalar kabi funksiyalar sabab bo‘lmoqda. YEK ma’lum qilishicha, kontentning cheksiz oqimi "miyani avtopilot rejimiga o‘tkazadi va sog‘lom bo‘lmagan odatlar shakllanishiga zamin yaratadi", jumladan, bolalar va o‘smirlarda ham.
Evrokomissiya Meta kompaniyasini har ikkala ijtimoiy tarmoq dizayniga o‘zgartirishlar kiritishga chaqirdi. Bayonotda qayd etilishicha, agar YEK xulosalari tasdiqlansa, Meta o‘zining umumiy yillik aylanmasining 6 foizigacha miqdorda jarimaga tortilishi mumkin. Kompaniyaning 2025 yildagi daromadidan kelib chiqilsa, jarima taxminan 11 milliard yevroni tashkil qilishi mumkin, deyiladi xabarlarda.