Evroittifoqning besh davlati moliya vazirlari yoqilg‘i narxlari oshishi sababli energetika kompaniyalarining o‘ta yuqori daromadlariga soliq joriy etishga chaqirdi, deb xabar bermoqda Reuters.
Germaniya, Italiya, Ispaniya, Portugaliya va Avstriya moliya vazirlari jahon yoqilg‘i narxlari oshishi fonida Yevrokomissiyaga energetika kompaniyalarining yuqori daromadlariga soliq joriy etish taklifini bildirdi.
"O‘ta yuqori daromad olgan energetika kompaniyalari keng jamoatchilik uchun narxlar o‘sishi oqibatlarini yengillashtirishga o‘z hissasini qo‘shishi kerak", deya moliya vazirlarining murojaatidan iqtibos keltirmoqda Reuters.
Agentlikning ta’kidlashicha, vazirlar murojaatida soliqning aniq stavkasi ko‘rsatilmagan.