Bugun 13 yanvar, 2026 yil, seshanba

КИР

Evroittifoqdagi ukrain qochqinlari soni 4,33 millionga yetdi

Evroittifoqdagi ukrain qochqinlari soni 4,33 millionga yetdi

Dushanba kuni e’lon qilingan Eurostat ma’lumotlariga ko‘ra, noyabr oyi oxiriga kelib Yevropa Ittifoqida vaqtinchalik himoya maqomini olgan Ukrainadan kelgan qochqinlar soni 4,33 millionga etdi (noyabrning o‘zida qochqinlar soni 30 mingga oshgan).

Ushbu qochqinlarning yarmidan ko‘pi Germaniya (1 mln 241 ming) va Polsha (968 ming 750) tomonidan qabul qilindi. Chexiyada esa aholi jon boshiga eng ko‘p ukrainaliklar – har 28 kishiga bitta qochqin to‘g‘ri keladi (jami 392 ming 670 qochqin).
Evroittifoqdagi ukrain qochqinlari soni 4,33 millionga yetdi

Ittifoq tarkibida bo‘lmagan Buyuk Britaniyada taxminan 230 ming ukrainalik bor.

Eurostat’ning ta’kidlashicha, Ukraina rasmiylarining avgust oyida 18 yoshdan 22 yoshgacha bo‘lgan yigitlarga chet elga chiqishga ruxsat berish to‘g‘risidagi qaroridan so‘ng, sentyabr va oktyabr oylarida Yevroittifoqda vaqtinchalik himoya maqomiga ega bo‘lganlar soni oyiga bir necha o‘n minglabga oshib ketgan.

Kiritildi: Bugun 13:53. O'qildi: 303 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!