Bugun 2 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Evroittifoq Rossiyaning muzlatilgan aktivlari bo‘yicha qarorni 18 dekabrda qabul qilmoqchi

Evroittifoq Rossiyaning muzlatilgan aktivlari bo‘yicha qarorni 18 dekabrda qabul qilmoqchi

Bu haqda Fransiya tashqi ishlar vaziri ma’lum qildi.

Jan-Noel Barroning aniqlik kiritishicha, Rossiyaning muzlatilgan aktivlariga oid keyingi choralarni muhokama qilish yaqin kunlarda ham davom etadi. Shuningdek, u Yevropa davlatlari “Ukrainani keyingi ikki yil davomida moliyaviy qiyinchiliklardan himoya qilish” niyatida ekanini aytdi.

"Birinchi raqamli ustuvor vazifa — Yevropada joylashgan Rossiya aktivlarini bloklangan holda saqlashni kafolatlashdir. Bu bizga kelajakdagi tinchlik shartlariga ta’sir ko‘rsatish imkonini beradigan muhim vositadir", — deya qo‘shimcha qildi Fransiya TIV rahbari.

Kiritildi: 20:35 30.11.2025. O'qildi: 700 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!