Nashrning xabar berishicha, Yevropa Ittifoqi Rossiyani “pul yuvish va terrorizmni moliyalashtirish xavfi yuqori bo‘lgan davlatlar” ro‘yxatiga kiritadi.
Bu qaror bir tomonlama tartibda qabul qilinishi rejalashtirilmoqda, chunki FATF (pul yuvishga qarshi kurashuvchi xalqaro tuzilma) faqat Rossiyaning a’zoligini to‘xtatib qo‘ygan, ammo uni “kulrang” yoki “qora” ro‘yxatlarga kiritmagan.
"Rossiyani pul yuvish bo‘yicha “qora ro‘yxatga” kiritish tashabbusini Yevroparlament ilgari surmoqda, uni amalga oshirishga esa Yevroittifoqning yangi “Pul yuvishga qarshi kurash boshqarmasi” (AMLA) imkon yaratadi. Tashkilot 2025 yil oxirigacha baholash o‘tkazishga va’da bergan", deya yozmoqda Politico.