ES Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar paketini ishlab chiqishga kirishdi — bu haqda Yevroittifoqning tashqi ishlar bo‘yicha vakili Kaya Kallas Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius va boshqa hamkasblari bilan Berlinda o‘tkazilgan uchrashuvdan so‘ng ma’lum qildi.
«Urushlarni pul yoki askarlari birinchi bo‘lib tugagan tomon yutadi», — dedi Kallas.
U, shuningdek, AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati tomonidan Rossiya neft kompaniyalariga nisbatan joriy etilgan so‘nggi sanksiyalarni ham olqishladi:
«Sanksiyalar xalqaro hamkorlarning qo‘llab-quvvati bilan to‘ldirilganda yanada samarali bo‘ladi», — dedi u.