Bugun 16 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Evroittifoq Rossiya neftiga nisbatan “suzuvchi qiymat asosida narx chegarasi” belgilanishini ma’lum qildi — Bloomberg

Evroittifoq Rossiya neftiga nisbatan “suzuvchi qiymat asosida narx chegarasi” belgilanishini ma’lum qildi — Bloomberg

Nashrning yozishicha, Yevropa Ittifoqi davlatlari Moskvaga qarshi sanksiyalarning 18-paketi doirasida Rossiya neftiga belgilangan narx chegarasini pasaytirish imkoniyatini muhokama qilgan.

"Dastlab yangi narx chegarasini 45 dollar darajasida belgilash taklif etilgan, biroq bu taklifga Gresiya, Malta va Kipr qarshi chiqqan. Ular o‘zlarining Rossiya neftini tashishda ishtirok etuvchi kemachilik kompaniyalari zarar ko‘rishidan xavotir bildirgan", deya xabar bermoqda Bloomberg .

Endilikda Bryusselda narx chegarasini “suzuvchi qiymat” asosida belgilash varianti ko‘rib chiqilmoqda.

11 iyul kuni Yevroittifoq elchilari uchrashuvida muhokama qilingan mexanizmga ko‘ra, 2022 yilda belgilangan bir barrel neft uchun 60 dollar darajasidagi qat’iy chegara o‘rniga, maksimal narx har uch oyda avtomatik tarzda yangilanadigan formulaga asosan belgilanadi.

Ushb formulaga binoan, narx chegarasi neftning so‘nggi 10 haftadagi bozor narxidan 15% past bo‘lishi kerak. Bloomberg manbasining aniqlik kiritishicha, bu orqali narx taxminan 50 dollarga tushiriladi.

Agentlik suhbatdoshining ta’kidlashicha, hali yakuniy qaror qabul qilingani yo‘q va yangi sanksiyalar kuchga kirishi uchun Yevroittifoqqa a’zo barcha davlatlarning roziligi talab etiladi.

Kiritildi: 12:45 12.07.2025. O'qildi: 576 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!