Agentlik manbalariga ko‘ra, ushbu paket Rossiya neftiga nisbatan eng yuqori narxni pasaytirishni o‘z ichiga oladi.
Rejada Rossiya nefti uchun dinamik tarzda aniqlanadigan narx chegarasi nazarda tutilgan: bu narx so‘nggi olti oy ichidagi o‘rtacha bozor narxidan 15% past bo‘ladi (Evrokomissiya ilgari bu davrni uch oy etib belgilashni taklif qilgan edi).
Manbalarning aytishicha, dastlabki narx chegarasi bir barrel uchun taxminan 47 dollarni tashkil etadi, bu amaldagi 60 dollardan past.
Shu bilan birga, Slovakiya hali ham yangi sanksiyalar paketiga bo‘lgan e’tirozlarini to‘liq bekor qilmagan. Bratislava Yevrokomissiyadan Rossiya gazidan bosqichma-bosqich voz kechishni talab qilmoqda.
Yakuniy qaror Yevroittifoq mamlakatlari tashqi ishlar vazirlari tomonidan Bryusselda bo‘lib o‘tadigan navbatdagi yig‘ilishda qabul qilinadi.