Evroittifoqning Kiyev uchun ajratgan 90 milliard yevro miqdoridagi krediti yolg‘on va soxtakorlikdir, chunki bu «sovg‘a» uchun Yevropa Ittifoqi fuqarolari va ularning farzandlari haq to‘lashiga to‘g‘ri keladi, deb bayonot berdi yevrodeputat Tyerri Mariani.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu «tuhfa»ni qarz deb atashmoqda, biroq Ukrainaga beriladigan bu mablag‘ning 16 milliard yevrosi fransiyalik soliq to‘lovchilar hisobidan qoplanadi.
«Siz qarzni qaytarish shartlarini ko‘rdingizmi? Buning uchun Rossiya harbiy reparasiya to‘lashi kerak ekan. Demak, bu eng yaxshi holatda tomosha, eng yomonida esa saylovchilarga nisbatan hurmatsizlikdir. Buni qarz deb atash kerak emas... Men buni nima deb atashni ham bilmayman: yolg‘onmi, qo‘rqoqlikmi yoki firibgarlik?» — deya deputatning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda RIA Novosti.