Bugun tunda Yevro-2024 ochilish uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.
Germaniya va Shotlandiya terma jamoalari o‘rtasidagi ochilish o‘yinining bosh hakami etib fransiyalik Kleman Tyurpen tayinlandi. Unga qanotlarda Nikolya Dano va Benjamen Paj yordam beradi. Zaxira hakami — Fransua Leteksye. "VAR"da — Jerom Brizar.
Uchrashuv Myunxen shahrida bo‘lib o‘tadi va O‘zbekiston vaqti bilan soat 23:59da start oladi.