Bugun 8 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Evro-2024'da ishtirok etadigan 31 yoshdan oshgan futbolchilardan iborat ramziy jamoa tuzib chiqildi

Evro-2024'da ishtirok etadigan 31 yoshdan oshgan futbolchilardan iborat ramziy jamoa tuzib chiqildi

"Football365" internet portali 31 yoshdan oshgan futbolchilardan tashkil topgan 2024 yilgi Yevropa chempionatining ramziy terma jamoasini taqdim etdi.

Jamoa tarkibida Germaniya terma jamoasidan uch nafar, Niderlandiyadan ikki nafar vakil, shuningdek, Xorvatiya, Portugaliya, Belgiya, Angliya va Polshadan bir nafardan futbolchi bor.

31 yoshdan oshgan futbolchilardan iborat Yevro-2024 ramziy terma jamoasi:

Darvozabon: Manuel Noyer (38 yosh, Germaniya).

Himoyachilar: Kayl Uoker (34 yosh, Angliya), Virdjil van Deyk (32 yosh, Niderlandiya), Antonio Ryudiger (31 yosh, Germaniya), Deyli Blind (34 yosh, Niderlandiya).

Yarim himoyachilar: Toni Kroos (34 yosh, Germaniya), Luka Modrich (38 yosh, Xorvatiya), Kevin De Bryoyne (32 yosh, Belgiya), Antuan Grizmann (33 yosh, Fransiya).

Hujumchilar: Robert Levandovski (35 yosh, Polsha), Krishtianu Ronaldu (39 yosh, Portugaliya).

Kiritildi: 16:25 11.06.2024. O'qildi: 1013 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!