Andijonning milliy raqs san’ati xalqaro e’tiborda. Viloyat turizm boshqarmasi va Yevropaning yirik telekanallaridan biri — Euronews , mashhur «Andijon polkasi» raqsini suratga olish va uni dunyo tomoshabinlariga namoyish etishni rejalashtirmoqda.
«Andijon polkasi» quvnoq ritmlari va xalqona ohanglari bilan ajralib turib, asrlar davomida xalqimizning bayram va to‘ylari bezagi bo‘lib kelmoqda. Mazkur tashabbus milliy raqslarimizni jahon sahnasida keng targ‘ib etish va Andijon madaniyatining boy merosini dunyoga tanitishga xizmat qiladi.