Estoniya tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi va parlamentdagi “Eesti-200” (Eesti 200) partiyasi rahbari Margus Tsaxka mamlakatda og‘ir mudofaa solig‘i joriy etilishi va kamida 2027 yilgacha undirilishini aytdi. Bu xabarni ERR teleradiokompaniyasi tarqatgan.
– Davlat byudjetini shakllantirishda asosiy e’tibor juda qiyin qarorlarga qaratilmoqda, – dedi Margus Tsaxkna.
Avvalroq Estoniya sobiq mudofaa vaziri, “Islohotlar” partiyasining parlamentdagi fraksiyasi a’zosi Kalle Laanet mudofaa xarajatini oshirish zaruratiga “Rossiya Federasiyasi tahdidi” sabab bo‘layotganini ta’kidlagandi.