Bugun 22 sentyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Estoniya Rossiyaning uchta qiruvchi samolyoti o‘z havo hududini buzganini ma’lum qildi

Estoniya Rossiyaning uchta qiruvchi samolyoti o‘z havo hududini buzganini ma’lum qildi

Bu haqda BBS xabar bermoqda

"Juma kuni ertalab Rossiya Qurolli kuchlarining uchta MiG-31 qiruvchi samolyoti deyarli 12 daqiqa davomida Estoniyaning Vayndlo oroli yaqinidagi Fin ko‘rfazi hududida havo makonida bo‘ldi", deyiladi Estoniya Qurolli kuchlari bayonotida.

Ma’lum qilinishicha, qiruvchi samolyotlarda parvoz rejasi bo‘lmagan, ularning transponderlari esa o‘chirilgan edi. Shuningdek, ular Estoniya aviasiya boshqarmasi bilan ikki tomonlama aloqa o‘rnatmagan.

Estoniya Tashqi ishlar vazirligi Rossiyaning mamlakatdagi vaqtinchalik vakilini chaqirib, hodisa yuzasidan norozilik bildirdi va nota topshirdi.

"Joriy yilda Rossiya to‘rt marta Estoniya havo hududini buzdi, bu qabul qilib bo‘lmas holatdir. Ammo bugungi hodisa, Rossiyaning uchta qiruvchi samolyoti bizning havo hududimizga kirishi mislsiz keskin harakat hisoblanadi", — dedi Estoniya tashqi ishlar vaziri Margus Sahkna.

Politico ning manbalariga tayanib yozishicha, NATO qo‘mondonligi Estoniya havo hududi buzilishiga javoban Italiyaning F-35 qiruvchi samolyotlarini uchirishga buyruq bergan.

Kiritildi: 22:28 19.09.2025. O'qildi: 794 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!