Bugun 4 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

Estoniya Rossiya chegaralari yaqinida harbiy kuchlarni to‘plamoqda

Estoniya Rossiya chegaralari yaqinida harbiy kuchlarni to‘plamoqda

Estoniya mudofaa kuchlari bosh shtabi juma kuni mamlakatda - asosan Rossiya bilan chegaradosh shimoli-sharqiy va janubi-sharqiy hududlarda yilning eng yirik xalqaro harbiy mashqlarini o‘tkazishini ma’lum qildi.

"5 may dushanba kuni Estoniya Mudofaa kuchlari va ittifoqdosh bo‘linmalar 23 maygacha davom etadigan Siil 2025 (Tipratikan 2025) qo‘shma xalqaro mashqlarida ishtirok etish uchun to‘planadi. Mashqlarda asosiy e’tibor ittifoqchilar bilan hamkorlikda Estoniya va mintaqaviy mudofaa rejalarining asosiy vazifalarini bajarishga hamda Mudofaa kuchlari, Kaitseliit harbiylashtirilgan ko‘ngilli tashkiloti va ittifoqdosh bo‘linmalarning jangovar tayyorgarligini tekshirishga qaratiladi," deya ta’kidlangan xabarda.

Siil 2025'ning asosiy tadbirlari Estoniyaning shimoli-sharqiy va janubi-sharqiy qismlaridagi poligonlarda, Estoniya Mudofaa kuchlarining markaziy poligonida, Nursipalu poligonida va ularning atrofida o‘tkaziladi.

Kiritildi: 23:13 02.05.2025. O'qildi: 619 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!