Bugun 16 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Estoniya ilk bor HIMARS artilleriya tizimini jangovar sharoitda sinovdan o‘tkazdi

Estoniya ilk bor HIMARS artilleriya tizimini jangovar sharoitda sinovdan o‘tkazdi

ERR nashrining mamlakat Mudofaa vazirligiga tayanib xabar berishicha, sinov jarayoni to‘rt oylik tayyorgarlikdan so‘ng amalga oshirilgan.

"Mashg‘ulotlar Estoniyaning Saaremaa orolida o‘tkazildi. HIMARS tizimining barcha raketalari 15 km masofada joylashgan dengizdagi nishonlarga zarba berdi", deya yozmoqda ERR.

Estoniya HIMARS tizimining olti uskunasini 2025 yil 30 aprel kuni qabul qilib olgan edi. Bu qadam mamlakat qurolli kuchlarini modernizasiya qilish doirasidagi harakatlardan biri hisoblanadi.

Kiritildi: 20:15 13.07.2025. O'qildi: 567 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!