Toshkentda ikkita yo‘l o‘tkazgich va murakkab chorraha joylashgan eski Toshkent tibbiyot instituti oldida harakatni qayta tashkil etish loyihasi boshlandi. Loyiha sobiq «Toshselmash» bozori yonidagi chorrahani ham o‘z ichiga oladi.
Gazeta.uz yozishicha, poytaxt hokimligi buyurtmasi asosida olib borilayotgan ishlarning pudratchisi Xitoyning China State Construction kompaniyasidir.
Loyiha eskizlari va sxemaga asosan, Kichik halqa yo‘lidan eski ToshMI (shahar markazi) tomonga o‘tish yo‘l o‘tkazgichdan oldin emas, balki undan oldinroq boshlanishi ko‘zda tutilgan.
Aynan shu yerda Maxtumquli ko‘chasidan o‘ngga burilish orqali Kichik halqa yo‘liga (svetofor va o‘ngga hamda chapga burilish imkoniyati bilan) kirish tashkil etiladi. Maxtumqulidan Kichik halqa yo‘liga chapga burilish yopiladi.
Mirzo Ulug‘bek shohko‘chasiga yo‘naltirilgan oltita yo‘lakdan va KHAYdan tushib kelayotgan avtomobillar to‘rtta yo‘lakka kirishga majbur bo‘lib, avariya holatlarini keltirib chiqaradigan chorrahada transport oqimlari beton to‘siqlar bilan ajratiladi. Orqaga burilish Farg‘ona yo‘li ko‘chasidagi kabi o‘ng yo‘laklardan tashkil etiladi.
Sxemalarga ko‘ra, Maxtumquli bo‘ylab markazga — Ekopark oldiga qarab harakatlanishda ham aylanma yo‘l paydo bo‘ladi.
Maxtumqulidan Central Park yo‘nalishida Abdulla Qodiriy ko‘chasiga chiqish uchun ortiqcha yuzlab metr yurmaslik imkoniyati paydo bo‘ladi. Svetoforlar tufayli o‘ngga ham, chapga ham burilish mumkin bo‘ladi.
Ba’zi o‘zgarishlar yo‘l uzeliga olib keladigan yo‘l va ko‘chalarda ham bo‘lishi kutilmoqda.
Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati yaqin kunlarda loyiha tafsilotlarini e’lon qilishni rejalashtirmoqda.