Mushuk eshik yonida turgan chiqindi idishning ustiga chiqib, eshik tutqichini ushlab qimirlata boshladi. Buni boshqacha tarzda eshik taqillatish deb ham atasa bo‘ldi. Eng qizig‘i, aqlli mushuk toki eshikni ochmagunlaricha sabr bilan kutib turdi.
Buyuk Britaniyada bir odam g‘ayrioddiy hodisaning guvohiga aylandi: mushuk uni uyga kiritishlari uchun eshikni taqillatdi. Bu hada «Liverpool Echo» sayti xabar bergan. Erkakning so‘zlariga ko‘ra, mushuk eshik yonidan joy olgan chiqindi bochkasi ustiga chiqib, u yerdan cho‘zilgancha eshik tutqichini qo‘li bilan o‘ynagan. Bundan esa taqillagan ovoz chiqqan. Shu taxlit bir necha bor uringan mushuk toki eshikni ochmagunlaricha sabr bilan kutib o‘tirgan. Harkatlaridan uning bu ishni birinchi marta qilmayotgani bilinib turardi.