Bugun 10 avgust, 2025 yil, yakshanba

КИР

Ertaga Toshkentning 2 tumanida 88 ta “dom” va 615 ta hovlida qariyb bir sutka gaz bo‘lmaydi

Ertaga Toshkentning 2 tumanida 88 ta “dom” va 615 ta hovlida qariyb bir sutka gaz bo‘lmaydi

Gaz quvuridagi sizib chiqishni barataraf etish ishlari sabab quyidagi hududlarda 5 mart soat 12:00 dan 6 mart soat 8:00 gacha gaz o‘chiriladi:

Yashnobod tumanida: “Obisher” MFYdagi 16 ta ko‘p qavatli uy va 370 ta yerli xonadon; “Assalom sohil”dagi 20 ta ko‘p qavatli uy; “M. Ashrafiy” MFYdagi 120 ta yerli xonadon.

Mirobod tumanida: “Qorasuv” MFYdagi 38 ta ko‘p qavatli uy, “Tong yulduzi” MFYdagi 14 ta ko‘p qavatli uy va 125 ta yerli xonadon.

Shuningdek, Mirobod tumanidagi “Oltinko‘l”, “Furqat” va “Yangi zamon” MFYlarda bosim pasayishi ehtimoli mavjud.

Kiritildi: 19:10 04.03.2025. O'qildi: 1338 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!