“Avtomobilsiz kun“ aksiyasi Prezidentning 2024 yil 21 fevraldagi №37-sonli farmoniga muvofiq har oyning to‘rtinchi chorshanba kuni o‘tkazilib kelinmoqda.
Qayd etilishicha, sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish, atrof-muhitning ifloslanishini kamaytirish hamda yirik shahlarda avtomobil harakati tirbandligini kamaytirish maqsadida chorshanba, 25 iyun kuni Toshkent, Nukus shaharlari va mamlakatimizning barcha hududlari markazlarida navbatdagi “Avtomobilsiz kun“ aksiyasi bo‘lib o‘tadi.
Ertaga an’anaviy tarzda davlat tashkilotlari rahbarlari va xodimlari, shuningdek, barcha fuqarolarga shaxsiy avtomashinalardan voz kechib, jamoat transportida harakatlanish, piyoda yurish, velosipedlar va boshqa ekologik toza harakat vositalaridan foydalanish tavsiya etiladi.
Bu kabi tashabbuslar atmosferaga zararli tashlanmalarni va shaharda shovqinni kamaytirishga, shuningdek, atrof-muhitga nisbatan ehtiyotkorona munosabatni shakllantirishga yordam beradi.