AQShning Xilma-xillik viza dasturiga 2026 yil uchun berilgan arizalar (DV-2026) javoblari 2025 yil 3 may kuni e’lon qilinadi. Arizachilar shu kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:00 dan boshlab dasturning rasmiy sayti – dvprogramm.state.gov orqali natijani tekshirishlari mumkin.
Arizalar o‘tgan yili 2 oktyabrdan 7 noyabrgacha qabul qilingandi. Ushbu viza dasturi – AQShga immigrasiya ko‘rsatkichlari tarixan kam bo‘lgan xalqlar vakillariga Amerikaga ko‘chib borib yashash imkoniyatini beradi.