Bugun 28 mart, 2024 yil, payshanba

КИР

Ertaga ayrim hududlarda chang-to‘zon kuzatilishi mumkin

Ertaga ayrim hududlarda chang-to‘zon kuzatilishi mumkin

Respublika Gidrometeorologiya markazi O‘zbekiston bo‘yicha 23 mart, payshanba kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Toshkent shahri. Havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3–8 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechasi +8...+10 daraja, kunduzi +22...+24 daraja bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 metr/soniyagacha kuchayishi, ayrim hududlarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +2...+7 daraja, kunduzi +17...+22 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15–20 metr/soniyagacha kuchayishi ayrim hududlarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +7...+12 daraja, kunduzi +22...+27 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Jizzax, Samarqand va Sirdaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechasi +5...+10 daraja, kunduzi +20...+25 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Surxondaryo viloyatida kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechasi +7...+12 daraja, kunduzi +23...+28 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5–10 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat +5...+10 daraja, kunduzi +17...+22 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, baland tog‘ hududlarida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Toshkent, Namangan viloyatlari tog‘li hududlarida 2000 metrdan yuqorida qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol sharqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechasi +2...+7 daraja, kunduzi +10...+15 daraja bo‘ladi.

Kiritildi: 22:02 22.03.2023. O'qildi: 1317 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!