Ma’lumki shu yilning 14 iyul sanasidan OTMlarga kirish test sinovlari boshlanadi.
Qayd etilishicha, 12 iyul kuni soat 12:00 dan 15:00 ga qadar barcha abituriyentlar ruxsatnomalarida ko‘rsatilgan manzildagi o‘zlari test sinovida ishtirok etadigan binoga ) kelib, test sinovi o‘tkaziladigan joylar bilan tanishib ketishlari mumkin.
Eslatib o‘tamiz, 2025-2026-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovlari 14 iyuldan 23 iyulga (10 kun) qadar bo‘lib o‘tadi.
Abituriyentlar ruxsatnomada belgilangan manzildagi binoda, ko‘rsatilgan sanada va smenada test sinovlarida ishtirok etish uchun pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishlari lozim.
Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi.