Eronning Saudiya Arabistonidagi shahzoda Sulton aviabazasiga bergan zarbasi oqibatida kamida 12 nafar amerikalik harbiy xizmatchi jarohat oldi.
Bu haqda The New York Times va WSJ nashrlari xabar bermoqda.
The Wall Street Journal nashrining aniqlik kiritishicha, ikki askar og‘ir jarohatlangan. Jabrlanuvchilar kamida bitta raketa kelib tushgan bino ichida bo‘lgan. Hujumda bir nechta dronlar ham ishtirok etgan, deydi gazeta suhbatdoshlaridan biri.
Ma’lumotlarga ko‘ra, dron zarbasi natijasida kamida ikkita KC-135 yoqilg‘i quyish samolyoti jiddiy shikastlangan.
NYT nashri ushbu hodisani Eron bilan davom etayotgan bir oylik urush davomida AQSh havo hujumidan mudofaa tizimiga berilgan eng og‘ir zarbalardan biri deb atadi.
Pentagon va Qo‘shma Shtatlar Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) hozircha bu ma’lumotlarga izoh bermadi.