27 mart kuni Eronning AQSh aviabazasiga uyushtirgan hujumi oqibatida Qo‘shma Shtatlar Harbiy-havo kuchlariga qarashli "Boeing E-3 Sentry" uzoq masofali radiolokasion aniqlash va boshqarish havo kemasi jiddiy shikastlandi. Gap Riyoddan taxminan 100 kilometr uzoqlikda joylashgan "Shahzoda Sulton" aviabazasiga yo‘llangan raketa va dronlar zarbasi haqida ketmoqda.
WSJ xabariga ko‘ra, hujum natijasida 12 nafar amerikalik harbiy xizmatchi yaralangan.
Shikastlangan samolyot suratlariga ko‘ra, asosiy zarba radar o‘rnatilgan qismga tushgan va portlash oqibatida havo kemasining orqa qismi uzilib ketgan.
Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusiga yaqin bo‘lgan Fars agentligining ta’kidlashicha, hujum "Shahed" tipidagi dron yordamida amalga oshirilgan.