Bu haqda Eronning AQSh bilan bilan muzokaralardagi bosh vakili, parlament spikeri Muhammad Boqir G‘olibof X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.
"Biz Eron xalqining huquqlari ta’minlanganiga ishonch hosil qilmagunimizcha, biror bir kelishuvni ma’qullamaymiz. Urushning yangi bosqichida dushman o‘zining harbiy mag‘lubiyatini qoplash va bizni taslim bo‘lishga majbur qilish uchun iqtisodiy bosim hamda axborot kampaniyalari yordamida nizo urug‘larini sochishga va mamlakat jipsligini buzishga urinmoqda. Bu behuda xomxayol!" — deb yozdi G‘olibof.
Avvalroq ommaviy axborot vositalari AQSh prezidenti Donald Tramp Eron bo‘yicha ehtimoliy kelishuv shartlarini qat’iylashtirishga qaror qilgani haqida xabar bergan edi.