Eron Isroilning Tel-Aviv yaqinidagi Bat-Yam shahriga bergan zarbalaridan so‘ng 35 ga yaqin odam bedarak yo‘qolgan. Bu haqda Ynet portali Isroil ichki front qo‘mondonligiga tayanib xabar bermoqda.
Ynet avvalroq mahalliy polisiyaga tayanib, Bat-Yam shahrida Eronning Isroil hududiga yakshanbaga o‘tar kechasi uyushtirgan hujumi oqibatida halok bo‘lganlar soni 4 nafarga yetgani haqida xabar bergan edi.
"Ichki front qo‘mondonligi Bot-Yamdagi zarba joyida 35 ga yaqin odam bedarak yo‘qolgan deb taxmin qilmoqda", — deyiladi portal nashrida.