Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, Tehron, Karaj va Sanandaj hududlarida bir nechta portlash ovozlari eshitilgan.
"Isroil rasmiylari zarbalarni tasdiqlab, hujumdan 1 oktabr kuni Isroilga berilgan zarbadan keyin Eronni jilovlash maqsad qilinganini bildirdi", deya xabar beradi Axios.
Shuningdek, Suriyaning Damashq va Homs shaharlarida ham portlashlar kuzatilmoqda. Suriya havo hujumidan mudofaa kuchlari Isroil samolyotlari tomonidan uchirilgan raketalarni urib tushirishga harakat qilmoqda.