Bugun 16 iyun, 2026 yil, seshanba

КИР

Eronni tiklash uchun $300 mlrdlik jamg‘arma tashkil etilishi mumkin

Eronni tiklash uchun $300 mlrdlik jamg‘arma tashkil etilishi mumkin

Jamg‘armani davlat mablag‘lari hisobidan emas, balki xususiy investorlar orqali moliyalashtirish rejalashtirilmoqda.

Evropa va Osiyodagi qator kompaniyalar, jumladan, Koreya, Yaponiya va AQSh investorlari ushbu tashabbusga qiziqish bildirgan.

Tehron kelajakdagi tinchlik kelishuvlari shartlarini bajarganidan so‘ng, jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishi mumkin.

AQSh vise-prezidenti Jey Di Vensning aytishicha, agar Eron Vashington bilan ehtimoliy kelishuv bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarsa, 300 milliard dollarlik tiklanish jamg‘armasiga ega bo‘lishi mumkin.

CBS telekanaliga bergan intervyusida boshlovchi Vensdan Eron tomonining tiklanish jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish imkoniyati haqidagi bayonotlariga izoh berishni so‘radi. Vitse-prezident savolga javob berar ekan, bunday ssenariy haqiqatan ham ko‘rib chiqilayotganini ta’kidladi.

Kiritildi: Bugun 16:02. O'qildi: 346 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!